Doktarantura ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini mustaqil olib borishga, ilmiy muammolarni hal qilishga qodir, akademik va akademik boʻlmagan muhitda ishlashga qodir boʻlgan olimlarni tayyorlashga moʻljallangan. Doktoranturada oʻqish muddati 3 yil (kunduzgi taʼlim boʻyicha) va magistratura yoki unga tenglashtirilgan malakaga ega boʻlganlar uchun ochiq. Doktoranturaga o'qitish, ilmiy tadqiqot, doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish kiradi. Doktoranturani tamomlagan va doktorlik dissertatsiyasini himoya qilganlarga fan doktori ilmiy darajasi beriladi.
Ilmiy ishlar va yuqori malakali ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi tarixi
I.1991-yil 5-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 5-may farmoniga asosan tashkil qilingan TKTI qoshida aspirantura va doktorantura bo‘limi tashkil etildi. Tashkil etilgan aspirantura va doktarantura bo‘limda bo‘lim boshlig‘i Narimov A.T. va 1- toifali muxandis ish boshladi.
1991 yilda aspiranturaga 23 ta aspirant va doktaranturaga 6 ta doktorant qabul qilingan.
1992-yilda 21 ta aspirant va 6 ta doktorant.
1993-yilda 29 ta aspirant va 6 ta doktorant.
1994-yilda 25 ta aspirant va 8 ta doktorant.
1995-yilda 27 ta aspirant va 5 ta doktorant.
Jami 1991-1995 yillar davomida 125 ta aspirant va 31 ta doktorant qabul qilingan.
2019 yildan boshlab Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan bo‘lim nomi “aspirantura va doktarantura” nomidan “Ilmiy tadqiqotlar va yuqori malakali ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi” nomiga o‘zgartirildi.
- Yuqori malakali ilmiy pedagog kadrlar tayorlash bo‘yicha professor-o‘qituvchilar faoliyati:
Institutda yuqori malakali pedagogo kadrlar tayorlashda professor-o‘qituvchilardan t.f.d. prof. Erkaev A.U., t.f.d. prof. Mirzaqulov X.Ch., k.f.d. prof. Raxmonberdiev F.R., prof. Maqsumova O.S., f.m.f.d. prof. Safarov I.I., k.f.d. prof. Xamroqulov F.X., k.f.d. prof. Pulatov X.L., t.f.d. prof. Dodaev K.O., t.f.d. prof. Aripova M.X., f.f.d.prof. Otamurodov S.O., b.f.d.prof. Xojamshukurov N.A., t.f.d.prof. Artiqov A.A.lar o‘z xissalarini qo‘shib kelmoqdalar.
Yuqori malakali fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) tayyorlovchi ixtisosliklar ro‘yxati
Institut doktorantlari xaqida ma’lumot
Xozirgi kunda institutda 9 nafar doktorantlar 92 nafar tayanch doktorantlar va 24 nafar mustaqil izlanuvchilar o‘z ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. 2022 yilda doktoranturani 3 doktorant, tayanch doktoranturani 33 tayanch doktorant tugatadilar.
2022 yil sentabr oyiga kelib 3 nafar tayanch doktorantlar Azimova Sh. 5 oy, Azimov D. va Tursunova D. lar muddatidan 4 oy ilgari dissertasiyalarini ximoya qildilar.
O‘zbekiston Prezedenti Davlat stipendiyasiga o‘tkazilgan tanlovlarda 2019 yilda tayanch doktorant Boboev A.X., 2020 yilda tayanch doktorant Salijonova Sh.D., 2022 yilda tayanch doktorant Gaipova Sh.S.lar O‘zbekiston Prezedenti Davlat stipendiyasi g‘oliblari bo‘ldilar va ularga 1 yil davomida 100% miqdorida qo‘shimcha stipendiya tayinlandi.
Mavjud ixtisoslashgan Kengashlarning faoliyati
Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzurida 2 ta ilmiy kengash faoliyat yuritadi.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi oliy attestasiya komissiyasining 2017 yil 27 iyundagi 44-sonli qaroriga asosan Toshkent kimyo-texnologiya institutiga fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha DSc.27.06.2017.T.04.01 raqamli ilmiy kengash berilgan. Bu ilmiy kengashda 02.00.08 – “Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi”, 02.00.14 – “Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi”, 02.00.15 – “Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi” va 02.00.17 – “Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari” ixtisosliklari bo‘yicha texnika fanlari ilmiy darajasini olish uchun ruxsat berilgan. Bulardan tashqari bu kengashda 02.00.09 – “Tovarlar kimyosi”, 02.00.16 – “Kimyoviy texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari” ixtisoslik bo‘yicha texnika fanlari ham 02.00.14 – “Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha kimyo fanlari ilmiy darajasini olish uchun o‘rnatilgan tartibda bir martalik ilmiy kengash tuzishga ruxsat berilgan va bu ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.