Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Toshkent 3-zamonaviy bilimlar Kongressi” o’z ishini boshladi.

2024-yilning 22-23-aprel kunlari Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Toshkent 3-zamonaviy bilimlar Kongressi” bo'lib o'tmoqda. Unda institut rahbariyati, professor-o'qituvchilari, xorijiy hamkorlar hamda talabalar ishtirok etishdi.

Kongressni Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich kirish so'zi bilan ochib berdi. Kongress Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Gruziya texnika universiteti, Gruziya fan va texnologiya assosiatsiyasi, Qirg‘iz Respublikasi O‘sh davlat universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Samarqand davlat arxitektura va qurilish universiteti hamda Turkiyaning IKSAD hamkorligida o‘tkazilmoqda. Shuningdek Kongressda O’zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Gruziya, Qirg’iziston, Qozog’iston, Ruminiya, Morokko, Iroq, Ukraina, Bangladesh, Vetnam hamda Rossiya kabi xorijiy davlatlarning ilmy-fan vakillari ishtirok etishdi.

Bugungi Kongressni o‘tkazishdan maqsad – kimyo, matematika, muhandislik ishi, tabiiy fanlar, veterinariya va qishloq xo‘jalik fanlari, transport, arxitektura, medisina, sport, iqtisodiyot, ijtimoiy va gumanitar fanlar, xoreografiya, sanat, madaniyat sohalaridagi yutuqlar, innovatsiyalar, ta’lim sifatini yuqori bosqichga olib chiqishda ushbu fanlar bo‘yicha oliy o‘quv yurtlarida erishilayotgan yutuqlarni ko‘rsatish, muammolarni xalqaro miqyosda muhokama etish. Zamonaviy bilim sohalaridagi dolzarb masalalar bo‘yicha ilmiy faoliyatda erishilgan salmoqli natijalarni targ‘ib qilish va ushbu sohalarni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan, ilmiy asoslangan hulosalar ishlab chiqish anjumanning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Bu yilgi kongress avvalgilaridan shunisi bilan farq qiladiki, IKSAD bilan hamkorligimiz yanada mustahkamlangani sari chet el universitetlarining O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga qiziqishi ortib bormoqda va ilmiy hamkorligimiz geografiyasi ham kengaymoqda. Gruziya davlatidan Fan va texnologiya assosiatsiyasi hamda Gruziya texnika universiteti vakillarining mamlakatimizga tashrif buyurishi buning isbotidir.