Ma `lumot

Jurnalning “Kimyo va kimyo texnologiya”, «Химия и химическая технология», «Chemistry and Chemical Engineering» nomi bilan ro‘yxatdan o‘tgan bosma nusxasi 2003-yildan buyon har chorakda bir marta nashr etib kelinmoqda.

ISSN: 1992–9498

Ta’sischi – Toshkent kimyo-texnologiya instituti

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida 2003-yil 28-avgustda 300-son bilan ro‘yxatga olingan, 2006-yil 13-dekabrda 0032-son bilan qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Oliy attestatsiya komissiyasi ro'yxatiga kiritilgan – 2004-yil 26-fevraldagi 102/4-son qarori.

2014-yildan beri u RISI ma'lumotlar bazasiga kiritilgan.

Tarkib haqidagi maʼlumotlar institutning http://journal.tcti.uz/ saytida keltirilgan.

«Chemistry and Chemical Engineering» nomi bilan ro'yxatdan o'tgan elektron jurnal 2020-yildan buyon bosma nashrga parallel ravishda chop etilmoqda.

E-ISSN: 2181–1121

Raqamli platformada https://cce.researchcommons.org/journal/ manzilida joylashgan.

Global Digital Commons tarmog'iga integratsiyalashgan

2018-yildan beri barcha maqolalar platformada joylashtirilgan.

Bosma va elektron jurnallarning mazmuni bir-birga mos keladi.

Bosh muharriri – Zuxra Chingizovna Kodirova, kimyo fanlari doktori, prof.

Ma'sul kotib – Mkrtchyan Ripsime Vachaganovna, t.f.n., katta ilmiy xodim.

MAVZULAR KO‘LAMI

Jurnal taxririyati quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha maqolalar qabul qiladi:

-noorganik moddalar va materiallar texnologiyasi;

-organik moddalar texnologiyasi;

-neft va gaz kimyosi, neftni qayta ishlash;

-polimer va kompozision materiallar texnologiyasi;

-ruda, texnogen va ikkilamchi xom ashyolarni chuqur qayta ishlashning kimyo-metallurgik jarayonlari;

-kamyob, tarqoq va radiaktiv elementlar kimyosi va texnologiyasi;

-muqobil energiya manbalari va energiya tejamkor texnologiyalar;

-ekologik muammolar, kam chiqindili va yopiq texnologik tizimlar yaratish;

-tiklanadigan tabiiy qattiq yoqilg‘ilarni kimyoviy qayta ishlash; 

-kimyoviy texnologiya jarayonlari va apparatlari;

-kimyoviy kibernetika, kimyoviy ishlab chiqarishni modellashtirish va avtomatlashtirish;

-kimyoviy texnologiyada axborot texnologiyalari;

-dori vositalari texnologiyasi, maishiy kimyo;

-biotexnologiya;

-oziq-ovqat texnologiyasi;

-kimyoviy ishlab chiqarishni taxliliy nazorati, mahsulotni sifati va sertifikatsiyalash;

-zaharlanish muammolari, kimyoviy sanoatni xavfsizligini ta'minlash, mehnat ximoyasi.