https://youtube.com/shorts/0DAyVlHLJ8M
Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi kimlar uchun moʻljallangan?
Davlat rahbari topshirig‘iga asosan, aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini uzluksiz oshirib borish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi ishga tushirilgan.
Mazkur virtual akademiyada o‘quv jarayonlarini tashkil etish va samarali yuritish Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Akademiya o‘quv kurslari turli toifadagi fuqarolar, xususan, davlat xizmatchilari, talaba-yoshlar va fuqarolik jamiyati vakillari uchun mo‘ljallangan.
Bugungi kungacha ushbu kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan o‘quvchilar soni ham ortib bormoqda.
Bu haqida batafsil videoda tanishing!