Qo'shma ta'lim(qabul)

Qabul-2024

Onlayn hujjat topshirish:

Toshkent kimyo-texnologiya instituti qo'shma talim dasturiga onlayn hujjat topshirish

Toshkent kimyo-texnologiya instituti qo'shma talim dasturi (Yangiyer filiali)ga onlayn hujjat topshirish

Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limi 2018 yildan buyon faoliyat yuritadi, hozirgi kunda Belorussiya, Rossiya, Latviya, Turkiya, Vengriya, Tojikiston davlatlarining 10 ga yaqin xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etilgan. Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha 2020 yilda 1+1 ta’lim shakli bo‘yicha magistrlar va 2023 yilda 2+2 ta’lim shakli bo‘yicha bakalavrlar birinchi qo‘shma diplomni qo‘lga kiritdilar. 

Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha 300 ga yaqin talabalar tahsil olmoqdalar. 

Qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish va talabalarni qabul qilish jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2021 yil 6 iyuldagi №421-sonli qarorida belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi. 

Har bir o‘quv yili uchun Qo‘shma ta’lim asosida o‘qitish bo‘yicha abituriyentlarni xujjatlarini qabul qilish TKTI rektori buyrug‘i asosida tuzilgan qabul komissiyasi ishchi guruhi tomonidan amalga oshiriladi. 

Qabul komissiyasi hamkor universitetlardan mas’ul mutaxassislarni jalb etgan holda ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun institut, xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda tashkil qilinadigan 3+2, 2+2, 1+1 shakldagi bakalavriat sirtqi va kunduzgi ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga xujjatlarni topshirgan abituriyentlarga TKTIda kirish imtihonlari tashkil etiladi. Imtihonlar davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi va kirish imtihonlari II bosqichdan iborat bo‘lib test shaklida amalga toshiriladi: 

I-bosqich fizika, matematika, kimyo fanlaridan test sinovlari o‘tkaziladi;

II-bosqich rus yoki ingliz tilidan test ko‘rinishida bo‘lib O‘zbekiston respublikasi Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Magistraturaga qabul qilishda to‘liq Davlat test markazi tomonidan mutaxassislik fanlari va Rus tilidan test sinovlari o‘tkazish orqali o‘qishga qabul qilinadi.

Kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar qabul komissiyasi xulosasiga ko‘ra institut rektori farmoyishi asosida O‘zbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasining 421-sonli qarorida belgilangan tartibda test sinovlaridan tegishli barcha test savollarining 30% ballarni to‘plagan abituriyentlar talabalikka tavsiya etiladi va to‘lov-shartnomasi mablag‘larining 50%dan kam bo‘lmagan qismini to‘laganlaridan so‘ng talabalar safiga rasmiylashtiriladi. 

Qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish uchun hamkor xorijiy universitetlar bilan quyidagi ishlar amalga oshiriladi: 

1. Universitetlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha memorandum imzolanadi;

2. Qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish yo‘nalishlari tanlab olinib, hamkorlik shartnomasi imzolanadi;

3.  Hamkorlikda qo‘shma o‘quv rejasi ishlab chiqiladi va universitet rektorlari tomonidan imzolanadi;

4. O‘quv yili uchun ta’lim kvotalari shakllantiriladi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ekspert komissiyasidan ekspertizadan o‘tkaziladi;

5. Davlat qabul kirish imtihonlari o‘tkaziladi;

6. Umumiy test savollariga ajratiladigan maksimal ballning 30%ni to‘plagan abituriyentlar o‘qishga tavsiya etiladi va 50% to‘lov-kontrakt mablag‘larini universitet hisob raqamiga to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng talabalikka qabul qilish buyrug‘i 2 ta hamkor universitetda bir vaqtning o‘zida rasmiylashtiriladi. 

7. 1+1 magistratura ta’lim shaklida talaba 1-yil O‘zbekistonda 2-yil hamkor xorijiy universitetda tahsil oladi, to‘lov-kontrakt mablag‘lari ham tegishli tartibda o‘qiyotgan universitetiga to‘lanadi;

8. 2+2 bakalavriatda tahsil oladigan talabalar 1,2-kurslarni O‘zbekistonda o‘qiydi 3,4-kurslarni hamkor xorijiy universitetda davom ettiradi;

9. Talaba horijiy hamkor universitet davlat namunasidagi diplomni qo‘lga kiritgandan so‘ng O‘zbekistondagi davlat namunasidagi diplom beriladi;

10. Agar talaba o‘qishi davomida fanlarni o‘zlashtiraolmaganligi uchun kursdan kursga qoldirilsa yoki o‘qishdan chetlatilsa, bir vaqtning o‘zida 2 ta universitetdan ham buyruq rasmiylashtiriladi;

11. Qo‘shma ta’lim dasturlarida o‘quv jarayonlarida xorijiy hamkor universitetdan ham professor-o‘qituvchilarni taklif etiladi.

  • Qabul-2024
  • 30-Sentabr, 2024-yil 21:29
  • Toshkent shahar, Navoiy ko'chasi 32-bino
  • +998 95 324 80 85
  • +998 95 324 88 86