Ijtimoiy tarmoqlar

2024-yilning 14-16-may kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston energetika haftaligi doirasida tashkil etilgan  “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2024” 26-xalqaro ko‘rgazma va konferensiyasida Yoqilg'i va organik birikmalar fakulteti Neftni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi kafedrasi professor-o'qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

Ko'rgazmada 21 mamlakatdan ko'plab yetakchi neft va gaz kompaniyalarining keng ekspozitsiyasi sanoatning yangi mahsulotlari va texnologiyalarini namoyish etmoqda. Tashrif buyuruvchilar yetakchi xorijiy va mahalliy ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilarning keng ko‘lamli texnologiyalari, uskunalari va innovatsion ishlanmalari bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratilgan.

“O‘zbekiston neft va gazi - OGU-2024” ko‘rgazmasi doirasidagi “Eng yaxshi innovasion startap loyiha” va “Eng yaxshi rasionalizatorlik taklif” tanlovining final bosqichi o'tkazildi va g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Shu bilan birga “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi korxonalarda faoliyat olib borayotgan yosh mutaxassislardan iborat 29 ta jamoa o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Finalga tashrif buyurgan fakultet talabalari yakunda yuqori motivatsiyalarga ega bo'lishdi.

"O'zbekneftgaz" AJ ning kelgusi 2025 yil 13-15 may kunlariga rejalashtirilayotgan navbatdagi ko'rgazma va konferensiyasida "Neftni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi" kafedrasi a'zolari va talabalari zakovat, turli ilmiy tadbir va tanlovlarda ishtirok etishni maqsad qilib olishdi.