Ijtimoiy tarmoqlar

2024-yilning 16-may kuni Toshkent kimyo texnologiya instituti "O‘zbek tili va professional ta’lim" kafedrasi professor o‘qituvchilari tomonidan Shayhontoxur tumani 13- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Ushbu uchrashuvda o‘quvchilarning kasb-hunar haqidagi tasavvurini kengaytirish va qiziqishini aniqlash maqsadida o‘quvchilar bilan targ‘ibot ishlarini olib bordilar. Shuningdek, institut tarixi, olib borilayotgan islohotlar, mavjud yo‘nalishlar, kafedralar haqida to‘liq ma’lumot berdi. 

Toshkent kimyo texnologiya instituti haqidagi video-rolik maktab o'quvchilariga namoyish etildi. Uchrashuv so‘ngida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar va kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.