Ijtimoiy tarmoqlar

2024-yilning 23-may kuni KARYERA KUNI-XAKATON tadbirining uchinchi kuni Artel Innovatsion o‘quv markazida Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchligi fakulteti talabalari tashrif buyurishdi.

KARYERA KUNI-XAKATON tadbirining uchinchi kunida Marketing amaliyot va professional ta’lim bo‘limi boshlig‘i A.M.Mirkomilov hamda bo‘lim xodimlari, Biotexnologiya kafedrasi mudiri A.M.Normatov ishtirok etishdi.

Xakaton tadbiri tanlovi davomida talabalarga Innovatsion o‘quv markazi xodimlari tomonidan mahorat darslari o‘tilib, IQ test olindi va ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiya uyushtirildi.