Ijtimoiy tarmoqlar

2024-yilning 29-aprel sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutida Institut ilmiy kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda institutimiz rektori Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligida, prorektorlar, fakultet dekanlari hamda kengash a'zolari ishtirok etishdi.

Dastavval Magistratura bo'limi boshlig'i Xudoyberdiyev Fazliddin Isroilovichga "Professor" ilmiy unvoni attestati, kafedra dotsenti Karabayev Dilshod Timurovichga "Fan doktori" ilmiy darajasi diplomi, Ta'lim sifatini nazorat qilsih bo'limi boshlig'i To'rayev Tolib Bozorovichga "Fan doktori" ilmiy darajasi diplomi, Neftni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi kafedra mudiri Mo'minov Jalolidin Azizjon o'g'liga "Falsafa doktori(PhD)" ilmiy darajasi diplomi tantanali ravishda topshirildi.

Yig'ilish davomida kun tartibidagi masalalar muhokama etildi. Jumladan:

Fakultetlarida ta’lim sifatini oshirish va raqobatbardoshli kadrlar tayyorlashda xorij tajribalarining qo‘llanish samaradorligi tahlili Institutda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida 2023-2024 o‘quv yili qishki sessiya natijalari bo'yicha Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i, T.B.To'rayev va fakultet dekanlarining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-oktabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarini o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi 816-son qarorining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha ijrosi tahlili bo'yicha Tahririy-nashriyot bo‘limi boshlig‘ining, Nufuzli xorijiy olimlar, xorijiy professor o‘qituvchilarni institutga o‘quv faoliyatga jalb etish, shu jumladan onlayn tarzda. Institut iqtidorli talabalarini Xalqaro akademik almashinuv, qisqa o‘quv kurslar, yozgi va qishki maktablarda ishtirok etishini qo‘llab quvvatlash masalalari bo'yicha, Xalqaro hamkorlik  bo‘yicha prorektor Z.A.Babaxanovaning ma'ruzalari tinglandi. Shuningdek turli masalalar muhokama etildi.