Ijtimoiy tarmoqlar

2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosi amalda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta'lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi tog‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida" gi 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida, Toshkent kimyo-texnologiya institutining Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor T.Safarov, Registrator ofisi direktori U.Kadirov, fakultet dekanlari L.A.Yusupova, U.N.Baltabayev, Sh.B.Buxorov, Sh.K.Jalilovlar 1-kurs bakalavriat va magistratura talabalarining guruhlarida bo‘lib, talabalar bilan suhbat o‘tkazishdi va talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning mazmun-mohiyatlarini tushuntirishdi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas'ullar tomonidan batafsil javob olishdi. 

Qaror matni bilan ushbu havola orqali (https://lex.uz/uz/docs/-7429154) tanishishingiz mumkin.