2025-yilning 20-fevral sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutining Sanoat muhandisligi va menejmenti fakultetida rektor Usmonov Botir Shukurillayevich ishtirokida talabalar bilan "Rahbar va talaba-yoshlar" ochiq muloqoti bo'lib o'tdi.
Unda B.Sh.Usmonov davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va ta’lim sohasidagi islohotlar haqida gapirib o‘tdi. Kelajak egasi sifatida bugungi kun yoshlarini tinimsiz ravishda o‘z ustida ishlashga, mustahkam ilm olishga, xorijiy tillarni o‘rganishga, yurt ravnaqi yo‘lida maqsadga intilishga chaqirdi.
Shuningdek, bitiruvchi talaba yoshlarning ta’lim jarayonidagi ishtiroki, ularning orzu-intilishlari va kelajakka bo‘lgan qarashlari haqida reja va fikrlarini tingladi. Talabalarning bevosita ishga joylashishi haqida kerakli tavsiyalar berib o‘tildi. Ochiq muloqot shaklida kechgan uchrashuvda institutimiz rektori yoshlarga yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishni, o'z oldiga maqsad qo'yib unga intilishni, magistratura, doktoranturalarda o'qib, ilmiy izlanishlar olib borish bo'yicha tavsiyalar berdi.