Ijtimoiy tarmoqlar

23-oktabr kunidan boshlab "INFOLIB O'ZBEKISTON-2023" XII Milliy axborot-kutubxona haftaligi bo'lib o'tmoqda.

Ushbu haftalikda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Axborot-resurs markazi direktori R.A.Onarova hamda bo'lim mudirasi F.Sharofiddinova va M.Rahimovalar seminarda ishtirok etishmoqda.

"Yosh kutubxonachilar III forumi" haftaligining birinchi kuni Toshkent Xalqaro Vesminerster unversitetida bo'lib o'tdi. Barcha Oliy ta'lim muassasalari va Axborot-resurs markaz rahbarlari TIQXMMIning Axborot-resurs markaziga tashrif buyurishdi hamda AKBT dasturini taqdimoti o'tkazildi.

Ma'lumot uchun: ushbu haftalik 27-oktabrgacha davom etadi.