2024-yilning 25-may sanasida Adiblar xiyobonida Toshkent kimyo-texnologiya institutining O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan hamkorlikda "Milliy qadriyatlar sayli" doirasidagi hisobot konsert dasturi bo'lib o'tdi.
Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas'ul xodimi Bozorov Otabek Hasanbayevich, Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich, Yoshlar masalalari va ma'naviy ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Boborajabov Bahodir Nasriddinovich, O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Rashidov Sanjarbek Botirjonovich, Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoira Zebo Mirzo hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Konsert avvalida O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi orkestri ijrosida O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi yangradi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas'ul xodimi Bozorov Otabek Hasanbayevich hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich so'zga chiqib hisobot konsertini kirish so'zi bilan ochib berdilar.
Shundan so'ng Toshkent kimyo-texnologiya instituti nomidan Respublikas miqyosidagi turli tanlovlarda va musobaqalarda faxrli o'rinlarni qo'lga kiritgan jamoalar esdalik sovg'alari hamda pul mukofotlari bilan tantanali ravishda taqdirlandilar. Jumladan:
"Ma'rifat maydoni" Respublika tanlovining mintaqaviy bosqichida g'olib bo'lgani uchun "Kimyogar" jamoasi 45 000 000 so'mlik vaucher;
"Olam nurga to'lsin sen bilan, Navro'z" shiori ostida "Bahor keldi seni so'roqlab..." nomli festivaldagi ishtiroki uchun 40 000 000 so'mlik vaucher;
"Quvnoqlar va zukkolar" ko'rik-tanlovining "Toshkent shahar hokimi kubogi"dagi faol ishtiroki uchun "ATOM" jamoasi 40 000 000 so'mlik vaucher;
"Davronlarning zo'risan" nomli forum g'oliblari va sovrindorlari uchun 35 000 000 so'mlik vaucher;
"Yosh kitobxon talabalar ligasi" tanlovi g'oliblari uchun 18 000 000 so'mlik vaucherlar bilan taqdirlandilar.
Shuningdek talabalar o'rtasida namunali xulqi, ilmga chanqoqligi, jamoat ishlarida faolligi bilan ajralib turuvchi, talabalar va professor-o'qituvchilar tomonidan e'tirof etilgan, o'quv va ilmiy ishlarda erishgan yutuqlari, institut tomonidan tashkil etiladigan jamoat ishlarida faol ishtiroki uchun bir guruh institutimiz talabalari va ularning ota-onalari rektor tashakkurnomasi bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.
Hisobot konsertida Ichki ishlar akademiyasining kursantlari tomonidan jangovor chiqishlar, hamda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan hamkorlikda jaddidlar xotirasiga bag'ishlangan baadiiy sahna ko'rinishlari namoyish etildi.
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoira Zebo Mirzo so'zga chiqib so'ngi yillarda yurtboshimiz tomonidan yoshlar berilayotgan imkoniyatlar haqida gapirib, ushbu imkoniyatlar unumli foydalanish kerakligini ta'kidladi.
Tadbirning asosiy maqsadi milliy qadriyatlarimizni saqlash va rivojlantirish, yoshlarimizni milliy madaniyat va an’analarimiz bilan yaqindan tanishtirish.
Hisobot konserti davomida Toshkent kimyo-texnologiya institutining "Kimyogar" jamoasi tomonidan O'zbekiston shoiri Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag'ishlangan spektakl namoyish etildi. Shuningdek institutimizning iqtidorli talabalari tomonidan O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq shoiri, O'zbekiston qahramoni Ibroyim Yusupov ijodiga bag'ishlangan chiqishlari namoyish etildi.
Hisobot konserti ko'tarinki ruhda davom etdi. Mamlakatimiz yorqin yulduzlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo'shiqlar ishtirokchilarga o'zgacha kayfiyat baxsh etdi.
Hisobot konsert dasturi so'ngida talabalar o'rtasida namunali xulqi, ilmga chanqoqligi, jamoat ishlarida faolligi bilan ajralib turuvchi, talabalar va professor-o'qituvchilar tomonidan e'tirof etilgan, o'quv va ilmiy ishlarda erishgan yutuqlari, institut tomonidan tashkil etiladigan jamoat ishlarida faol ishtiroki uchun bir guruh institutimiz talabalari va ularning ota-onalari rektor tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.