Ijtimoiy tarmoqlar

Bugun institutimizda Uzbekistan GTL kompaniyasining “GTL stipendiyalar dasturi - 5” bo'yicha ochiq muloqot tashkil etildi.

Unda Uzbekistan GTL kompaniyasi Personalni boshqarish bo’limi yetakchi mutaxassisi Personalni boshqarish yetakchi mutaxassis Tillayev Sardor, Kadrlarni tayyorlash sektori yetakchi mutaxssis Karimov Qobiljon, Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi boshlig'i A.Mirkomilov, YOOBKT fakulteti dekani L.Yusupova, NKIKT kafedrasi, GKIKT kafedrasi professor o‘qtuvchilari hamda fakultet tyutorlari va talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirda Uzbekistan GTL kompaniyasidan kelgan mutaxassislar yaqinda e'lon qilingan “GTL stipendiyalar dasturi - 5” tanlovida ishtirok etish tartibi, mezonlari va qoidalarini tushuntirib o'tdilar.

Shuningdek talabalar ushbu tanlov bo'yicha o'zlarining qiziqtirgan savollarini berib, unga mutaxassislardan javob oldilar.

“GTL stipendiyalar dasturi - 5” tanlovida qatnashish bo'yicha https://t.me/tktiuz/21328 quyidagi havola orqali to‘liq ma’lumotga ega bo‘lasiz.