Toshkent kimyo-texnologiya institutida Ahmad Qodirov nomidagi Checheniston davlat universiteti xalqaro hamkorlik ishlari bo'yicha bo'lim boshlig'i Sebiyeva Taisiya Borisovna, "Ekologiya" fakulteti dekani Bekmurzayeva Rashiya Xamzatovnalar ishtirokida uchrashuv tashkil qilindi.
Ushrashuvda institutimizning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Pulatov Xayrulla Lutpullayevich, O'quv ishlari bo'yicha prorektori Safarov Toyir Tursunovich, "Sanoat ekologiyasi" kafedrasi mudiri Igitov Farrux Baxtiyarovich, Xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo'shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo'limi professori Muxamedov Qobiljon Gafurovichlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Checheniston davlat universiteti hamkorligida " Ekologik ekspertiza va monitoring", "Ekologik menejment" mutaxassisliklari bo'yicha qo'shma magistratura dasturini tashkil etish, hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, ilmiy stajirovkalar, talabalar mobilligini tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.