Ijtimoiy tarmoqlar

Chet eldan tashrif buyurgan delegatsiya a'zolari hamda investorlar ko'rgazmalar zalida tashkil etilgan innovatsion loyihalar bilan tanishdi.

Oliy aʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkazilayotgan “Kreativ taʼlim va innovatsiya – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida» InnoWeek-2023» innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida o'tkazilayotgan innovatsion loyihalar ko'rgazmasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti kafedralari ham innovatsion ishlanmalari bilan ishtirok etmoqda.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda chet eldan tashrif buyurgan delegatsiya a'zolari va investorlar innovatsion loyihalar ko'rgazmasida stendlarga qo'yilgan ishlanmalarni ko'zdan kechirar ekan bevosita Toshkent kimyo-texnologiya instituti kafedralari tomonidan kashf qilingan innovatsiyalarni ham ko'zdan kechirdilar.

Institutimizdan tashrif buyurgan mas'ullar ilmiy ishlanmalar va innovatsion loyihalarni tashrif buyuruvchilarga O'zbek, Rus va Ingliz tillarida tushuntirishmoqda.