Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha olimpiadaning yakuniy bosqichi bo'lib o'tdi.

Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha olimpiadaning yakuniy bosqichi bo'lib o'tdi. 

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4851-son qaroriga muvofiq, 2025-yil 7-may kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida umumta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha olimpiadaning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

 Mazkur olimpiada o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, axborot texnologiyalari bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirish va ularning intellektual salohiyatini namoyon etish imkoniyatini yaratish maqsadida tashkil etildi.

 Yakuniy natijalarga ko‘ra, faxrli o‘rinlarni egallagan eng iqtidorli o‘quvchilar oliy ta’lim muassasalariga imtihonsiz qabul qilinish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ularning birinchi o‘quv yili uchun to‘lov oliy ta’lim muassasalari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.