Ijtimoiy tarmoqlar

Joriy yilning 12-oktabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Tadbirkor va talaba-yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

2023-yil 23-sentyabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutining Kimyoviy moddalar texnologiyasi fakulteti Yuqori molekulali birikmalar va plastmassalar kafedrasida "Tadbirkor va talaba-yoshlar uchrashuvi" bo'lib o'tdi. Unda institut Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i A.Mirkomilov, Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi kafedra mudiri M.Djandullayeva, kafedra professor-o‘qituvchilari, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Shuningdek, uchrashuvga СП ООО “ASIA AGRO CHEMIGAL GROUP” To‘ychiev Rashid - kommerchekiy direktor, yetakchi mutaxasis Abdujabborov Yuldashboy, Inagamov Iskandar Taxirovich tadbirkor va Xojimatiy Toxir Tura ugli  tashrif buyurdilar.

Tadbirni Yuqori molekulali birikmalar va plastmassalar kafedra mudiri prof. M.Djandullayeva kirish so'zi bilan ochib berdi. Shundan so'ng ochiq muloqot shaklida kechgan uchrashuvda tashrif buyurgan tadbirkor talabalarga o'zlarining qimmatbaho maslahatlari ulashib, hayotda har bir inson tadbirkor bo'lishi kerakligi haqida ta'kidladilar.

Hozirgi kunda Prezidentimiz tashabbusi bilan yosh tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar hamda imtiyozlar haqida ma'lumot berilar ekan, talabalar ham o'zlarining qiziqtirgan savollarini berib, tashrif buyuruvchilardan yetarlicha javob oldilar. Tadbir so‘ngida institut korxona rahbariyati bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha kelishib olindi.