Ijtimoiy tarmoqlar

Joriy yilning 14-may kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan Talabalar turar joyida "Buvijonim kiygan liboslar" ko'rik tanlovi bo'lib o'tdi.

“Buvijonim liboslari” tadbirini o’tkazishdan maqsad qizlarimiz qalbiga milliy liboslar iftixorini singdirish. “Moda” ortidan quvib, ma’naviyatimizga zid kiyinish “madaniyati”ning salbiy ta’siridan saqlashdir.

Ko'rik tanlovda 5 ta fakultet jamoalari o'zaro 3 ta shart bo'yicha bellashdi.

Ko’rik tanlov natijalariga ko’ra: 

Menejment va professional ta'lim fakultetiga “Eng faol jamoa”, 

Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakulteti “Eng yaxshi liboslar uyg’unligi”, 

Kimyoviy moddalar texnologiyasi fakultetiga “Eng izlanuvchan jamoa”,

Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakultetiga “Eng latofatli qizlar”, 

Yoqilg’i organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi fakultetiga “Eng to’g’ri tanlangan libos” nominatsiyalari berildi.