Ijtimoiy tarmoqlar

Joriy yilning 18-oktabr kuni Janubiy Koreyaning KCC Corporation tashkiloti vakillari institutimizga tashrif buyurishib, ikki tmonlama uchrashuv tashkil etildi.

 Uchrashuvda KCC Corporation tashkiloti prezidenti o'rinbosari Ji-Sik LEE, tashkilotning Chet elda professional avtomobil qoplamalari bo'limi boshlig'i Vladimir (Jungsoo) Seol, KCC Europe GmbH Savdo menejeri Leonid Laskin, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Xayrulla Pulatov, Yoqilg'i va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti dekani Lola Yusupova, Selluloza va yog'ochsozlik texnologiyasi kafedrasi mudiri Arslonnazar Xusenov, kafedra professorlari Gappar Raxmonberdiyev va Kuen Kee Hyun ishtirok etishdi. B2B doirasida o'tkazilgan uchrashuvda Jizzax viloyatida KCC Corporation ning quriladigan korxonasi uchun zamonaviy bilimlarga eda bo'lgan muhandis-texnologlarni hamkorlikda tayyorlash, tadqiqotchilarni korxonaning R&D markazida qo'shma tadqiqotlarni olib borish kabi masalalar bo'yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.