Ijtimoiy tarmoqlar

Joriy yilning 22-23 noyabr kunlari Toshkent kimyo-texnologiya instituti xodimlarining “Zebuniso ona” konditer fabrikasiga tashrif buyurishdi.

Korxonalar va taʼlim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha prorektor boshchiligida institut Marketing, amaliyot va professional taʼlim bo‘limi boshlig‘i A.Mirkomilov, bo‘lim mutaxassislari U.Mavlonov, M.Alimjanov va Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti professor-o‘qituvchilari, talabalari ishtirokida “Zebuniso ona” konditer fabrikasiga bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv mobaynida ishlab chiqarish korxonasi rahbarlari va mutaxassislari bilan hamkorlik doirasida gaplashildi. Professor-o‘qituvchilar va 30 nafar talabalar ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdilar. 

Institutning Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo‘shma taʼlim dasturlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limining 2022-2023 o‘quv yilida Belorussiya davlat oziq-ovqat va kimyoviy texnologiyalar universiteti bilan hamkorlikdagi qo‘shma diplomni olgan 7 nafar sohalari bo‘yicha ishlab chiqarish korxonasidan ish qidirayotgan bitiruvchilar ishga joylashish bo‘yicha ishlab chiqarish korxonasida suhbatdan o‘tishdi.

Korxona tomonidan qo‘shma taʼlimda tahsil olgan bitiruvchilar bilim darajasi, til bilish darajasi tekshirildi ularga nisbatan ijobiy qaror qabul qilindi. Ushbu bitiruvchilarga korxonaning mexanika bo‘limi, ishlab chiqarish sexlariga ish boshqaruvchi lavozimi hamda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi filialga bosh texnolog muovini lavozimlari taklif etildi. Bundan tashqari 4000000 so‘m oylik maoshi, 3 mahal tekin ovqat hamda viloyatlik talabalarga yotoq joy bilan taʼminlashga kelishildi. TKTI Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan chop etilgan 6 ta o‘quv qo‘llanma va monografiyalar ishlab chiqarish korxonasiga ishlab chiqarish jarayonida qo‘llash maqsadida sovg‘a qilindi. Ishlab chiqarish korxonasi rahbarlariga minnatdorchilik bildirildi.

TKTI bitiruvchilarini ishga joylashtirish davom etmoqda!!!