Ijtimoiy tarmoqlar

Joriy yilning 25-26 — oktabr kunlari Ozarbayjon Respublikasi Ozarbayjon davlat neft va sanoat unversitetida "Turkiya davlatlar energiya lokomativi" nomli Xalqaro amaliy konferensiya bo'lib o'tmoqda.

Ushbu konferensiyada institutimizning Korxonalar va taʼlim muassasalari bilan ishlash boʻyicha prorektor A.N.Shernayev va bo'lim boshlig'i X.Karimovlar ishtirok etmoqda.

25-oktabr kuni Ozarbayjon Davlat neft korxonasida Umummilliy lider Haydar Aliyev tavalludining 100 yilligi va Turkiya Respublikasi tashkil topganining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Turk dunyolar energiya lokomotivi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ilk kunini boshlandi.

Konferensiya ishtirokchilari dastlab Faxriy xiyobondagi zamonaviy Ozarbayjon davlati asoschisi, Ozarbayjon xalqi yetakchisi Haydar Aliyev qabrini ziyorat qilib, xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirdilar.

Universitetning tadbirlar zalida Ozarbayjon Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi va Turkiya Respublikasining asoschisi Mustafo Kamol Otaturk va Milliy lider Haydar Aliyev xotirasi uchun bir daqiqalik sukut saqlandi.

Konferensiya davomida ASOIU, Batman universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Ozarbayjon texnika universiteti, AUEZOV universiteti ishtirokida “Turk dunyosi davlatlari energetika universitetlari assotsiatsiyasi” ni tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolandi va ushbu uyushmaga bizning insititut ham a'zo bo'ldi.

Batafsil http://asoiu.edu.az/single_news/2308