Ijtimoiy tarmoqlar

Joriy yilning 3-5 aprel kunlari Kimyoviy moddalar texnologiyasi fakulteti “Umumiy kimyo” kafedrasi professor-о‘qituvchilari, kafedra mudiri dotsent A.A.Nabiyev, dotsent M.E.Axmedov va katta o'qituvchi A.G‘.Hamidovlar Andijon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurishdi.

Xizmat safari davomida kafedra professor-о‘qituvchilari tomonidan Toshkent kimyo-texnologiya instituti faoliyati, istiqbolli rejalari, kafedralarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, О‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining yirik kimyo ishlab chiqarish korxonalari bо‘yicha ma’lumotlar berish uchun seminar trening darslari tashkil etildi. 

Trening davomida maktab-internati о‘qituvchilari va о‘quvchilari ishtirokida qizg‘in savol javoblar bо‘lib о‘tdi. Shu bilan birga institutimiz tо‘g‘risida yanada tо‘liqroq ma’lumotlar berish uchun tarqatma materiallar va olimlarimiz tamonidan yozilgan kitoblar estalik uchun о‘quvchilarga sovg'a qilindi.