Ijtimoiy tarmoqlar

"Milliy qadriyatlar va ularning millat ma'naviyatidagi o'rni" shiori ostida Toshkent kimyo-texnologiya institutining barcha fakultetlarida milliy madaniy va qadriyatlarni aks ettiruvchi filmi namoyishi bo'lib o'tdi.

Jumladan Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultetida Giyohvandlikka qarshi kurashishga hamda ogohlikka qaratilgan hujjatli film namoyish etildi, Kimyoviy injiniring fakultetida Jaddidlarimiz hayoti va ijodiga bag'ishlangan, ularning mashaqqatli mehnat faoliyatini namoyon etuvchi hujjatli film namoyish etildi, Neft va gaz texnologiyalari fakultetida milliyligimizni o'zida mujassam etgan badiiy film namoyish etildi.

Ushbu film namoyishida fakultet professor-o'qituvchilari, xodimlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.