Ijtimoiy tarmoqlar

Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakultetida "Ota-onalar kongressi" bo'lib o'tdi.

Bundan asosiy maqsad talabalarning ota-onalarini talim muassasasing infratuzilmasi va asosiy faoliyat yonalishlari bilan yaqindan tanishtirish. 

Tadbirda fakultet dekani Sh.B.Buxorov, dekan o'rinbosarlari N.Sh.Zulyarova, J.S. Qayumov, fakultet tyutorlari ishtirok etishdi. Tadbirni fakultet dekani Sh.B. Buxorov ochib berdi va davlatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda talabalarga institut tarixi, institutning ichki va tashqi imkoniyatlari, institutda talabalarning oʻqishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar toʻgʻrisida soʻzlab berdilar.

Bundan tashqari institut tarixi, institutda faoliyat olib borayotgan yetuk kimyogar olimlar, professor-o'qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, ustoz-shogird tizimida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumotlar berdi.

Tadbir davomida yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari N.Sh. Zulyarova institutning ichki tartib-qoidalari, odob-axloq kodeksi, talabalarning institut oldidagi majburiyatlari va oʻquv jarayoniga tegishli boʻlgan nizomlar hamda talabalarning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlikni targ'ib qilish va kutubxonalardan samarali foydanish masalalariga ham to'xtalib o'tildi, tashkil etilgan to'garaklar boʻyicha batafsil ma'lumotlar berdi.

Bundan tashqari institut talabalar turar joyida tapabalarning joylashish tartibi hamda ijara huquqi asosida yashayotgan talabalarga to'lanadigan ijara to'lovlarini qoplab berish tizimi bo'yicha tushuntirib berdi.

Tadbir davomida fakultet o'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari J.S. Qayumov O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi 824-son qarori hamda 2017 yil 20 iyundagi 393 sonli qarori hamda baholash tizimi bilan to'liq tanishtirdi.