Ijtimoiy tarmoqlar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, vazirlik huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti hamkorligida “Oliy ta’lim uchun pedagog kadrlar tayyorlash: Zamonaviy yondashuvlar, muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar o‘tkazilmoqda.

Ushbu seminarda Toshkent kimyo-texnologiya instituti O'quv ishlari bo'yicha prorektor T.T.Safarov, Akademik faoliyatni boshqarish bo‘limi X.Butayev, "O'zbek tili va professional ta'lim" kafedrasi mudiri G.Aripova, "Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi" kafedrasi mudiri A.Ro'ziboyevlar ham ishtirok etishmoqda.