O‘zbekiston va Tojikistonda oliy ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi anjumanda Tojikiston Respublikasi Ta’lim va fan vaziri Rahim Saidzoda boshchiligida tashrif buyurgan 30 ga yaqin nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlaridan iborat delegatsiya va Oʻzbekiston tomonidan esa 50 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, vazirlik va idoralar masʼullari qatnashmoqda.
Shuningdek O'zbekiston va Tojikiston OTM rektorlari qatori Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich, Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor Z.A.Babaxanova, Korxonalar va ta’lim muassasalari bilan ishlash bo'yicha prorektor A.N.Shernayev, Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i S.Saidahmadovlar ishtirok etishmoqda.
Forumda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari bilan Tojikiston universitetlari oʻrtasida integratsiyani yo‘lga qoʻyish, professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, o‘zaro o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, ta’lim sifatini oshirish, tajriba almashish, stajirovka o‘tash, malaka oshirish va ilmiy faoliyatdagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Unda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori, texnika fanlari doktori hamda pedagogika fanlari doktori Usmonov Botir Shukurillayevich “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning asosiy vazifalari va ustuvor yo‘nalishlari. Strategiya 2030" mavzusidagi ma'ruzasi bilan ishtirok etmoqda.
Oʻzbekiston-Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining II forumi doirasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Tojikiston kon-metallurgiya instituti o'rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.