Ijtimoiy tarmoqlar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 343-sonli qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida, bugun, Toshkent kimyo-texnologiya institutida "O'zsuvta'minot" AJ tizimidagi tashkilotlar xodimlarining 3-guruhi uchun "Ichimlik suvi ta'minoti va oqova suv tizimida kimyo-bakteriologik tahlil laboratoriya xodimlarini malakasini oshirish" mavzusida o'quv kurslari boshlandi

Tadbirni, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Pulatov Xayrulla Lutpullayevich ochib berdi. Tadbirda, "O'zsuvta'minot" AJ boshqaruvi raisi o'rinbosari Raxmatullayev Xurshid Xotamjonovich, boshqarma boshlig'i Mirsaidov Timur Shavkatovichlar ishtirok etishdi.

Ushbu kurslarda institutimizning "Sanoat ekologiyasi" kafedrasi hamda kafedralardan bir qator professor-o'qituvchilar "O'zsuvta'minot" AJ tizimidagi xodimlar uchun tashkil etilgan dars mashg'ulotlarini olib borishadi.