Ijtimoiy tarmoqlar

O'zbekiston va Vengriya o'rtasida 4 tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.

 O'zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkazilayotgan “Kreativ taʼlim va innovatsiya – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida» InnoWeek-2023» innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida, vazirlik qoshidagi Innovatsion rivojlanish agentligi, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Jizzax viloyati hokimligi hamda Vengriyaning Obuda universiteti o'rtasida O'zbekiston Respublikasining Jizzax viloyatida InnoTexnoPark tashkil etish bo'yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

 Ushbu memorandumdan ko'zlangan maqsad InnoTexnoParklarga xorijiy investitsiyalarni kiritish chet el tajribasidan kegn foydalanish, shuningdek yuritimizdagi innovatsion muhitni yanada takomillashtirishga qaratilgan.

 Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich hamda institutimizning faxriy professori, 🇭🇺 Vengriyaning Obuda universiteti rektori Levente Kovach boshchiligidagi delegatsiya “Kreativ ta’lim va innovatsiya — Yangi O’zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida o’tkazilayotgan “InnoWEEK-2023” innovatsion g’oyalar haftaligi "Alpomish ko'rgazmalar saroyi"da o'tkazilayotgan loyihalar va ishlanmalar bilan yaqindan tanishdilar.