Ijtimoiy tarmoqlar

“Professional ta’limini barqaror rivojlantirishning mintaqaviy jihatlari: muammo va istiqbollar” mavzusida II mintaqaviy ilmiy-amaliy konferensiya davom etmoqda

Xalqaro tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova kirish so‘zi bilan ochib, so‘nggi yillarda respublikamizda professional ta’lim islohotlari, yoshlarni Yevropa standarti asosida kasb-hunarga o‘qitish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. 

Aytish joizki, ushbu konferensiyada Markaziy Osiyo davlatlari hamda Germaniya va Avstriyadan 200 nafardan ortiq professional ta’lim tizimi bo‘yicha xalqaro ekspertlari ishtirok etmoqda. 

Tadbir davomida xorijiy va mahalliy ekspertlar tomonidan professional ta’lim sohasidagi xalqaro va milliy tendensiyalar, ta’lim sifati, ta’limni raqamlashtirish kabi mavzularda taqdimotlar qilinmoqda.