Ijtimoiy tarmoqlar

Qarshi shahrida “Mahalliylashtirishda innovatsion yondashuvlar” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida Toshkent kimyo-texnologiya institutining Gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi kafedrasi tashabbusi bilan O'zbekneftgaz hamkorligida "Mahalliylashtirishda innovatsion yondashuv" mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tmoqda.

Unda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rahbariyati, jumladan O‘quv ishlari bo’yicha prorektori T.T. Safarov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori X.L.Pulatov, Korxonalar va taʼlim muassasalari bilan ishlash boʻyicha prorektor A.N.Shernayev, 60 nafarga yaqin institut professor-o'qituvchilari hamda xodimlari ishtirok etishmoqda.

Shuningdek anjumanda O'zbekneftgaz hamda yirik korxona rahbarlari, xodimlari, chet ellik mehmonlar va investorlar ishtirok etishmoqda. Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi doirasida tashkilotlar tomonidan ko'rgazmalar ham tashkil qilingan. 

Qarshi shahrida bo'lib o'tayotgan "Mahalliylashtirishda innovatsion yondashuvlar" mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanni O‘zLITIneftgaz" AJ boshqaruvi raisi U.Nazarov, Toshkent kimyo-texnologiya institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori X.Pulatov, Umumiy va noorganik kimyo instituti direktori A.Ibragimov anjumanni kirish so'zi bilan ochib berdi.

Shundan so'ng tabrik so'zi bilan Polotsk davlat universiteti Ilmiy ishlar bo'yicha prorektori I.Buraya, Tojikiston Ishlab chiqarish va servis universiteti rektori O.Oxunzoda so'zga chiqdilar.

Qarshi shahrida bo'lib o'tayotgan "Mahalliylashtirishda innovatsion yondashuvlar" mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning yalpi majlisi respublika hamda xalqaro miqyosdagi olimlar, professorlar hamda neft-gaz sohasida ilmiy izlanish olib borayotgan izlanuvchilarning ma'ruzalari bilan davom etdi.

Kunning ikkinchi yarmida anjuman 3ta sho'baga bo'lingan holda davom etdi.

Qarshi shahrida bo'lib o'tayotgan "Mahalliylashtirishda innovatsion yondashuvlar" mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning sho'balarida respublika miqyosdagi olimlar, professorlar hamda neft-gaz sohasida ilmiy izlanish olib borayotgan izlanuvchilarning ma'ruzalari tinglandi.

Anjuman qatnashchilari hamda tashrif buyurgan mehmonlar "Mahalliylashtirishda innovatsion yondashuvlar" mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani doirasida tashkil etilgan Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasidagi ko'rgazmali materiallar bilan yaqindan tanishdilar.

Ma’ruzachilar o‘rtasida “Eng yaxshi innovasion g‘oya”, “Eng yaxshi innovasion taqdimot” hamda shoʻbalar g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Xalqaro anjuman so'ngida Uzbekistan GTL bosh direktori Baxadirov Alisher Shukuraliyevich so'zga chiqib, muhandislik sohasida ilmiy izlanishlar olib borilishi, texnologiya va ta'lim integratsiyasi sohaning rivojlanishida katta ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi. Shundan so'ng Xalqaro anjumanda sho‘balarda mukofotlar bilan quyidagi taqdimot mualliflari taqdirlandilar: 

1. Ismoilov Boburbek - Toshkent Kimyo Texnologiya Instituti, Gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi kafedrasi dotsenti.

2. Qorieva Dilnovoz - Sho'rtan neft-gaz kimyo majmuasi, bosh texnolog bo'limi, yetakchi injeneri

3. Smanov Baqitjan- O'zbekiston Fanlar Akademiyasi, Umumiy va noorganik Kimyo instituti, Neft kimyosi laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi.

 Anjumanda o‘tkazilgan nominatsiyalar bo'yicha esdalik qimmatbaho mukofotlar bilan taqdirlandilar:

Eng yaxshi innovatsion g'oya nominatsiyasi bo'yicha mukofot Igamqulova Nargisa - Toshkent Kimyo Texnologiya Instituti, Gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi kafedrasi dotsenti.

Eng yaxshi innovatsion taqdimot nominatsiyasi bo'yicha Xodjiyev Rustam- Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Innovatsiya menedjeri.