Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limda 4+1 sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha tahsil olayotgan Qoraqalpog‘istonlik talabalarga “Artel Elektroniks” MCHJ Kondisioner ishlab chiqarish zavodida 2023-yilning 3-aprel sanasidan boshlab texnologik ishlab chiqarish amaliyoti tashkil etildi. Talabalarga amaliyot davrida institutdan biriktirilgan mas’ul professor-o‘qituvchilar hamrohlik qilishmoqda.
Ushbu amaliyot talabalarning o‘quv jarayonlarida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash, ishlab chiqarishning texnologik muammolarini hal etishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Kondisioner ishlab chiqarish jarayonining yig‘ish liniyasida ishlab chiqarilayotgan har bir detalning qanday tayyorlanishi hamda ishlatiladigan xomashyolar va materiallar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishadi. Kelgusida TKTI talabalarini ish bilan ta’minlash, ishlab chiqarish korxonasi bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida ushbu texnologik amaliyot tashkil etildi. Amaliyot davrida “Artel Elektroniks” MCHJ kondisioner zavodi tomonidan talabalarga 3 mahal ovqat bilan ta’minlanadi, amaliyotda o‘zining mehnatsevarligini ko‘rsatgan hamda shu korxonada mehnat faoliyatini davom ettirishni hohlagan talabalar rasmiy tartibda ishga qabul qilinadi.