Ijtimoiy tarmoqlar

Rektor va doktorantlar uchrashuvi bo'lib o'tdi



2023-yil uchun doktorantura, tayanch doktorantura va stajyor-tadkikotchilik, mustakil-izlanuvchilikka ukishga kabul qilinganlar bilan institut rektori B.Sh.Usmonovning uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor X.L.Pulatov, Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi boshlig'i D.Isamatova ham ishtirok etishdi. Rektorimiz barcha qabul qilinganlarni tabriklab, ilmiy izlanishlarida muvaffaqiyat tiladilar. Shuningdek, joriy yil oxirigacha xorijiy tilni bilish darajasi bo'yicha B2 sertifikati bo'lmaganlarga sertifikatni olishga erishishlari zarurligi ta’kidlandi. Institutda ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar faoliyati ham ilmiy jurnallar mavjudligi, bu esa tadqiqotchilarga yanada katta imkoniyalarni berishi aytib o'tildi. Uchrashuvda doktorantlar uchun xorijiy davlatlarning nufuzli ilmiy markazlarida ilmiy stajirovkalar o'tashlari uchun katta imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlab o'tildi.



Ma’lumot o'rnida, 2023-yilda institutga 6 nafar doktorant, 41 nafar tayanch doktorant, 7 nafar stajyor-tadqiqotchi, 4 nafar mustaqil izlanuvchi o'qishga qabul qilindi. Doktorantlar uchun IELTS sertifikatini olish uchun joriy yil mart oyidan bepul o'quv kurslari tashkil etiladi.