Ijtimoiy tarmoqlar

Tojikistonda Dushanba shahrida 2-markaziy Osiyo rektorlari forumi bo'lib o'tmoqda.

Joriy yilning 14-15-sentabr kunlari Dushanbe shahrida o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo davlat rahbarlari Beshinchi maslahat uchrashuvi doirasida tashkil etilmoqda.

Forumda ishtirok etish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari S. Buzrukxonov boshchiligidagi rektor va prorektorlardan iborat delegatsiya ishtirok

etishi ko‘zda tutilgan bo'lib, ushbu delegatsiyada Toshkent kimyo-texnologiya instituti Korxonalar va taʼlim muassasalari bilan ishlash bo'yicha prorektori Shernayev Anvar Normamatovichdan tashkil topgan delegatsiya ham ishtirok etmoqda.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti delegatsiyasining Dushanbe shahrida (Tojikiston) bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari oliy taʼlim muassasalari rektorlari Ikkinchi forumining tashrifi doirasida amalga oshiriladigan ishlar shuladan iborat:

1. Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Tojikiston Texnologiya universiteti o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolanadi.

2. Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Tojikiston Texnologiya universiteti fakultetlari bilan tanishuv jarayonlari olib boriladi va tajriba almashiniladi.

3. Toshkent kimyo-texnologiya instituti Korxonalar va taʼlim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha prorektori Anvar Normamatovich Shernayev tomonidan "Mejdunarodniye innovatsionniye podxodi v obrazovanii - perspektivi razvitiya sovmestnogo i dualnogo obrazovaniya" mavzusida maʼruza bilan katnashadi.

4. Tojikiston Ishlab chikarish va servis instituti bilan 2023-2024 o‘kuv yilidan boshlab xalkaro ko‘shma taʼlim dasturlarini tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolanadi, bunda Tojikiston yoshlari Toshkent kimyo-texnologiya institutida ukishlarini tashkil etish va tojikistonlik professor – o‘kituvchilarning Toshkent kimyo-texnologiya institutida malaka oshirishlari, talabalar akademik mobilligi bo‘yicha masalalarni o‘z ichiga oladi.

5. Xujand viloyatidagi Sugd iktisodiy ishlab chikarish zonasidagi ishlab chikarish korxonalari ishchi muxandis xodimlarini Toshkent kimyo-texnologiya institutida ukitish va malakasini oshirish buyicha shartnoma imzolanadi.

6. Kigizistonning O‘sh davlat texnologiya universiteti bilan anglashuv memorandumi imzolanadi, ozik-ovkat va kimyoviy texnologiyalar soxalarida muxandislar tayyorlash xamda professor-ukituvchilar stajirovkalari buyicha masalalar xal etiladi