Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Xavfsiz va sog‘lom yurt” shiori ostida jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini yanada kuchaytirishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.

 Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Xavfsiz va sog‘lom yurt” shiori ostida jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini yanada kuchaytirishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Yosh avlodni huquqiy jihatdan savodli, ijtimoiy mas’uliyatli va sog‘lom turmush tarziga intiluvchi shaxs sifatida tarbiyalash — jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri. Shu maqsadda, Toshkent kimyo-texnologiya institutida yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish va giyohvandlikka qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirni institutning Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Boborajabov Bahodir Nasriddinovich kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida bugungi kunda yoshlar tarbiyasida huquqiy ongni shakllantirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlarning dolzarbligini ta’kidladi.

Tadbirda Toshkent shahar IIBB EKM boshlig‘i polkovnik Pak Stanislav Yurevich, Mirzo Ulug‘bek tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik Mirzaraimov Sardor Toirovich, tuuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Merzaev hamda institut profilaktika katta inspektori podpolkovnik A. Jumanov ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida yoshlar orasidagi jinoyatchilikka olib keluvchi omillar, giyohvandlikning salbiy oqibatlari, shuningdek, oilaviy tarbiya va do‘stlar muhitining ahamiyati keng yoritildi. Mutasaddilar hayotiy misollar orqali talabalarni hushyorlikka, qonunlarga hurmat ruhida yashashga undadilar. Ayniqsa, giyohvandlikka qarshi kurash mavzusida statistik tahlillar, video lavhalar orqali real holatlar bilan tanishtirish talabalar ongida chuqur taassurot qoldirdi.

Tadbir ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va mutaxassislardan amaliy, hayotiy javoblar olishdi. Bu esa yoshlarda jinoyatchilikka nisbatan keskin salbiy munosabatni shakllantirishga xizmat qildi.

Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirildi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning ma’naviy-axloqiy yetukligini ta’minlash, ularni sog‘lom, huquqiy jihatdan savodli shaxs sifatida voyaga yetkazishda muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.