Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida Artel innovatsion o‘quv markazining ma’sul xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

2024-yil 10-may kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Artel innovatsion o‘quv markazining ma’sul xodimlari bilan birgalikda uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich, Korxonalar va ta’lim muassasalari bilan ishlash bo'yicha prorektori Shernayev Anvar Normamatovich, Marketing, amaliyot va professional ta’lim bo‘limi boshlig‘i Mirkomilov Abduraxmon, Texnologik mashina va jihozlari kafedra mudiri Xakimova Gulnoza hamda Artel innovatsion o‘quv markazining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Mamaraximov Xamza Mamajanovich va umumiy ishlar bo‘yicha direktor Isakov G‘ayrat Usmonovichlar qatnashdilar.

Uchrashuvda talabalarini amaliyotlarga jalb etish va ishga joylashtirish masalasi hamda Dual ta’limni yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi. 

Hurmatli talabalar Artel korxonasiga ishga kirish istagi bo‘lsa Marketing, amaliyot va professional ta’lim bo‘limiga murojat qilishingiz mumkin!