Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Bitiruvchilar forumi 2023”ni 2 - kuni talabalar ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyurishdi.

 Yoqilg'i va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti talabalari, professor-o‘qtuvchilari hamda Marketing, amaliyot va professional ta’lim bo‘limi xodimlari birgalikda MEYOS uyushmasidagi yog'ochsozlik va mebelchilar uyi qoshidagi DAFNA va EMAN brendi ostida un ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurishdi.

 Menejment va kasb ta'limi fakulteti talabalari. Sifat menejmenti va mahsulotlar xavfsizligi kafedra mudiri Ismoilov Bobir Xolqberdiyevich boshchiligida Sinov kafolat servis MCH korxonasiga tashrif buyurishdi.

Menejment va kasb ta'limi fakulteti talabalari. Sanoat iqtisodiyot menejmenti kafedrasi katta o'qituvchilari Muxamedova Sh. Xaydarova K. Mo'minova D. boshchiligida Toshkent o'yinchoqlar fabrikasida korxonasiga tashrif buyurishdi. 

Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti talabalari, professor-o‘qtuvchilari hamda Marketing, amaliyot va professional ta’lim bo‘limi xodimlari birgalikda "BESHEFAR GROUP" MChJ MO‘TABAR brendi ostida un ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurishdi.

 Tashrifdan maqsad talaba-yoshlar dars vaqtida olgan nazariy bilimlarni amaliyotda ko‘rish hamda korxona xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishish. Korxona xodimlari bilan talabalar o'rtasida ochiq muloqat o‘tkazildi. Koroxnandagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan talabalar tanishib chiqishdi.