Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Eko-Zakovat respublika tanlovida g'olib bo'lgan jamoa a'zolari bilan uchrashdi.

Xabaringiz bor joriy yilning 13-aprel sanasida O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi tomonidan "Ekologik bilimlar kuni" munosabati bilan Eko-Zakovat tanlovi tashkil etilgan edi. Ushbu tanlovda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Sanoat ekologiyasi kafedrasining "Ekolog" klubi a'zolaridan tashkil etopgan "Kimyogar" jamoasi faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritgan edi.

Bugun 16-aprel kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich jamoa a'zolari bilan uchrashib, ularni g'alaba bilan muborakbod etdi.

Uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi tashabbusi bilan Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent Metallurgiya zavodi hamda Zakovat intellektual klubi hamkorligida "15-aprel - Ekologik bilimlar kuni" munosabati bilan tashkil etilgan" Eko-Zakovat" musobaqasida faxrli 1-o'rinni qolga kiritgan institutning "Kimyogar" jamoasi a'zolari institut rektori Tashakkurnomasi hamda O'zbekiston Ekologik partiyasining esdalik sovg'alari bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.