Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Biotexnologiya kafedrasi yosh olimlari, tayanch doktorantlari va magistrantrlari INNO Texnoparkka tashrif buyurishdi.

2025-yilning 20-yanvar sanasida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Pulatov Xayrulla Lutpullayevich boshchiligida Biotexnologiya kafedrasi mudiri Anvar Normatov, kafedra yosh olimlari, tayanch doktorantlar hamda magistr talabalar bilan birgalikda INNO Texnoparkka tashrif buyurdi.

Tashrif davomida texnoparkda yaratilgan sharoitlar, yangi tashkil etilgan "Biotexnologiya" ilmiy laboratoriyasi bilan yaqindan tanishildi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti va INNO Texnopark o'rtasida imzolangan o'zaro hamkorlik memorandumiga asosan institutimiz yosh olimlari, tadqiqotchilar, iqtidorli yoshlari belgilangan grafik asosida INNO Texnoparkka tashrif buyurib, o'zlarining Start-up loyihalarini bajarishlariga imkon yaratildi.