Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida Xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik rivojlanmoqda

2023 yilning 8 may kuni Toshkent kimyo texnologiya institutida Tomsk Politexnika universiteti Kimyo va Biomeditsina ilmiy maktabi direktori Trusova Marina Yevgenyevna hamda O‘zkimyosanoati AJ yetakchi mutaxassisi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda TKTI rektori B.Sh.Usmonov, Korxonalar va taʼlim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha prorektori A.N.Shernayev, Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo‘shma taʼlim dasturlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari L.S.Razakovalar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda asosan kimyoviy texnologiya, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish, texnologik mashina va jihozlar, biotexnologiya yo‘nalishlarida Toshkent kimyo-texnologiya instituti olimlari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlari, ilmiy loyihalarni tayyorlash, professor – o‘qituvchilar stajirovkalarini tashkil etish hamda muhandislik maktablarini tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi.