Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangier filiali professor-o’qituvchilari salohiyatini oshirish bo’yicha ishlar rivojlanmoqda.

Joriy yilning 26-aprel kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali direktorining 2024-yil 18-apreldagi №01-22/413 sonli xatiga muvofiq Toshkent kimyo-texnologiya instituti Korxonalar va ta'lim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha prorektori Anvar Normamatovich Shernaev Yangiyer filialiga xizmat safariga jo‘natildi.

Korxonalar va taʼlim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha prorektori Anvar Normamatovich Shernayev tomonidan "Ishlab chiqarish korxonalari va ta'lim muassasalari hamkorligi" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. 

Unda filial professor-o'qituvchilari, amaliyot rahbarlari hamda talabalar ishtirok etishdi. Mahorat darsida prorektor tomonidan talabalar amaliyotini samarali tashkil etish bo'yicha batafsil ma'lumot va ko'rsatmalar berib o'tildi.