Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnoldogiya institutida Ozarbayjon Davlat neft va industriya universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Unda Korxonalar va taʼlim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha prorektor A.N.Shernayev, Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Z.A.Babaxanova, Qo‘shma taʼlim dasturlari bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari L.S.Razakova, Nefni qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi mudiri B.Ismoilov, Gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi kafedrasi mudiri Sh.Mengliyev, Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor o‘rinbosari - Ulviya Abbasova, Xalqaro talabalar dekani - Yashar Gasanov, ATUIAB va “KAVKAZ AKADEMI” taʼsischisi - Imanzade Ruslan Mirzabin uglu, “KAVKAZ AKADEMI” ijrochi direktori - Keltadjiyeva Nazima Sirojidinovna ishtirok etdilar.

Uchrashuvda Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida kimyoviy texnologiya (neft va gazni kimyoviy texnologiyasi) yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv va ilmiy hamkorlik qilish, shu jumladan qo‘shma o‘quv dasturlar muhokama etildi. Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Ozarbayjon Davlat neft va industriya universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandum muhokama etildi. 

Shuningdek tomonlar quyidagi hamkorlik faoliyatini rivojlantirishga kelishib oldilar:

- seminarlar, konferentsiyalar, amaliy mashg'ulotlar, qisqa muddatli uzluksiz ta'lim dasturlarni birgalikda tashkil etish;

- tajriba almashish, ma’ruzalar o‘qish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, malaka oshirish, konferensiyalar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish uchun ilmiy, ilmiy va ma’muriy xodimlar almashinuvini rag‘batlantirish;

- ikki tomonlama va xalqaro qo'shma ta'lim va ilmiy loyihalarga hissa qo'shish;

- qo'shma ma'ruzalar va seminarlar (shu jumladan onlayn), qo'shma o'quv va ilmiy-ishlab chiqarish loyihalarini tashkil etish va o'tkazish;

- xalqaro reytinglarda hamkorlikni mustahkamlashga hissa qo'shish;

- doktorantlar, magistrantlar va professor-o‘qituvchilarning ilmiy malakasini oshirish maqsadida ishlab chiqarish amaliyotini, yo’zgi va qishki maktablar tashkil etish va o‘tkazish.