Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida tyutorlar malakasini oshirish uchun 1 oylik o‘quv kurslariga start berildi.

Joriy yilning 1-aprel sanasidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-martdagi yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Toshkent kimyo-texnologiya institutida faoliyat olib borayotgan tyutorlar malakasini oshirish uchun 1 oylik o‘quv kurslariga start berildi.

O'quv kurslarining birinchi kunida institutimiz rektori B.Sh.Usmonov Yangi konstitutsiya va yoshlar siyosati mavzusidagi ma'ruzasi bilan boshlab berdi, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor Boborajabov Bahodir Nasriddinovich 1 oy davomida tyutorlarga malakali ustozlar tomonidan o'tiladigan o'quv kurslari haqida batafsil ma'lumot berib, barcha tyutorlarga bunga mas'uliyat bilan yondoshishni ta'kidladi. Ijtimoiy va siyosiy fanlar kafedrasi dotsenti B.Holmatov Yangi O'zbekistonda ta'lim sohasidagi islohotlar mavzusidagi ma'ruzasi bilan davom ettirdi.