Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

 2025-yilning 7-fevral sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutining Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultetida Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligiga bag'ishlangan "Navoiyxonlik, nazm va navo" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Unda institut rektori Usmonov Botir Shukurillayevich, Akademik faoliyat bo'yicha prorektori T.T.Safarov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori B.N.Boborajabov, Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyasi fakulteti dekani U.N.Baltabayev, bo'lim boshliqlari, dekan o'rinbosarlari, fakultet tyutorlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirni institut rektori B.Sh.Usmonov kirish so'zi bilan ochib berib, Navoiyning hayoti va ijodi, uning adabiyotimiz va madaniyatimizga qo'shgan beqiyos hissasi haqida to'xtalib o'tdi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan sahna chiqishlari alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi.

Ularning ijrosidagi sahna ko‘rinishi Navoiy asarlarining mazmun-mohiyatini jonli va ta’sirchan tarzda namoyon etdi. Shuningdek, buyuk shoir g‘azallariga bastalangan kuy-qo‘shiqlar hamda nafis raqslar ijro etilib, tomoshabinlarga katta zavq ulashdi. Ushbu badiiy chiqishlar tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishlab, Navoiy merosining teran va betakror go‘zalligini his etishga imkon yaratdi.

Tadbirning ikkinchi qismida tomoshabinlar o'rtasida Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag'ishlangan qiziqarli viktorina savollari berilib, to'g'ri javob berganlarga esdalik sovg'alari topshirildi.

Tadbir yakunida Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligiga bag'ishlangan "Navoiyxonlik, nazm va navo" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbirda faol ishtirok etgan bir guruh talabalar hamda tyutorlar institut rektorining tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.