Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutiga Germaniya hamkorlik tashkiloti (GIZ) vakillari tashrif buyurdi.

2024-yil 13-may kuni Germaniya hamkorlik tashkiloti (GIZ) vakillari Viktor Vetsel, Tomas Luks va Jahongir Jurayevlar Toshkent kimyo-texnologiya instituti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyoda iqtisodiy oʻsish sektorlari uchun professional taʼlim” loyihasi doirasida uchrashish maqsadida tashrif buyurdi. 

Uchrashuvda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori professor Usmonov Botir Shukurillayevich, Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor Babaxanova Zebo Abdullaevna, va "O'zbek tili va professsional ta'lim" kafedrasi mudiri Gulnora Aripovalar ishtirok etdi. 

Bo'lib o'tgan uchrashuvda Germaniyaning GIZ tashkiloti bilan amalga oshirilayotgan xalqaro loyihalar, ularnig dolzarbligi va kelajakdagi hamkorlikda ishlash mexanizmlari muhokama etildi. Mavjud muammo va kamchiliklarga hamkorlikda yechim topishga kelishildi.

Bugungi kunda Toshkent kimyo-texnologiya instituti GIZ bilan hamkorlikda 3 ta xalqaro loyihalarni amalga oshirmoqda.