Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Obuda universiteti delegatsiya Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.

Avval xabar berganimizdek 2023-yil 17-18-oktabr kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tgan "INNOWEEK.UZ-2023" innovatsion g'oyalar haftaligi doirasida O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Vengriyaning Obuda universiteti va O'zbekiston Respublikasi Jizzax viloyati hokimligi o'rtasida 4 tomonlama hamkorlik memorandumi doirasida 27-28-mart kularni Vengriyaning Obuda universiteti delegatsiyasi Toshkent kimyo-texnologiya institutiga tashrif buyurgan edi.

Tashrif doirasida 28-mart kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori B.Sh.Usmonov, Korxonalar va ta’lim muassasalari bilan ishlash bo'yicha prorektori A.N.Shernayev, Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i S.S.Saidaxmadov, Vengriyaning Obuda universiteti Iqtisodiy ishlar bo'yicha bosh direktor Fehér Botond, “Kelajak sanoati" texnologiya va innovatsion parkining loyiha menejeri Nemet Antallar ishtirokida Jizzax viloyati hokimi boshchiligidagi viloyat mutassaddilari va viloyatda faoliyat yuritayotgan oliy ta'lim muassasalari rektorlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning birinchi qismida Jizzax viloyati hokimi E.A.Saliyevga Jizzax viloyatida barpo etilayotgan zamonaviy INNO texnoparkga xorijiy sarmoyalar kiritish bo‘yicha 3 ta xalqaro investitsiya yorliqlari topshirildi. Shundan so'ng barpo etilayotgan qo’shma texnoparkning huquqiy, tashkiliy, va ilmiy-ishlab chiqarish loyihalar masalalari muhokama etildi.

Uchrashuvning ikkinchi qismida Jizzax politexnika institutining muqobil energiyalarni tadqiq etish ilmiy-amaliy markaziga tashrif amalga oshirildi. Unda institutning olimlari va talabalari kremniy asosidagi quyosh panellarini ishlab chiqarish loyihasi ustida ish olib borish jarayonlari, ishlab chiqarish uskunalari bilan yaqindan tanishtirildi.

Shuningdek institut hududida barpo etilayotgan Jizzax yoshlar texnoparkining qurilish jarayonlari, kelajakda unda amalga oshiriladigan loyihalar tafsilotlari bilan yaqindan tanishtirildi.

Uchrashuvning uchinchi qismida Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani “Oqtosh ota” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston”massiviga tashrif amalga oshirildi.

Tashrif doirasida “Yangi O‘zbekiston”massividagi INNO texnopark qurilish jarayonlari, hamda ushbu massivda qurilayotgan boshqa obyektlar yaqindan tanishtirildi.

Ma'lumot uchun “Yangi O‘zbekiston”massivida 4 ming 500 ta oilaga mo'ljallangan jami 105ta ko'p qavatli uy-joy qurish rejalashtirilgan. Massiv hududida, zamonaviy bog'cha va maktablar, sport va sog'lomlashtirish komplekslari, innovatsion markazlari kabi 30 ta ob’ekt barpo etilishi rejalashtirilgan.