Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti jamoasi Talaba-yoshlar gastronomik va pazandachilik festivalida ishtirok etdi.

2024-yilning 23-may kuni Toshkent shahridagi Navro‘z bog‘ida “Toshkent bitiruvchilari va talaba-yoshlari” loyihasi doirasida “Talaba-yoshlar gastronomik va pazandachilik festivali” bo'lib o'tdi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov, poytaxt hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova, Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligida institut jamoasi va boshqa mas'ullar ishtirok etishdi.

Bog‘da barcha respublika hududlari madaniyati va urf-odatlari jam bo‘ldi. Tadbirda qoraqalpoqcha kuy-qo‘shiqlar, xorazmcha va surxoncha raqslar, vodiyning to‘y-tomoshalari haqiqiy bayramona kayfiyat ulashdi. Eng muhimi, kelganlar, yoshlar xursand bo‘lishdi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti jamoasi Toshkent shahar milliy urf-odatlari, kuy-qo'shiqlari, an'analari va milliy taomlarini tashrif buyuruvchi mehmonlarga namoyon etdilar.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov va poytaxt hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimovalar ham Toshkent kimyo-texnologiya instituti jamoasi tomonidan tashkil etilgan Toshkent shaharning urf-odatlari, milliy qadriyat va an’analari bilan tanishdilar. Shuningdek qo'noqda chet ellik mehmonlar ham mehmon bo'lib, Toshkent shaharning urf-odatlari, milliy qadriyat va an’analari bilan tanishdilar.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipovni 25-may soat 18:00da bo'lib o'tadigan Hisobot konsertiga taklif etdi.