Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti ma’sul xodimlari “SAMO” brendi ostidagi tekstil ishlab chiqarish zavodiga tashrif buyurdi.

 Joriy yilning 5-6 dekabr kunlari Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidagi SAMO TEXTILE klaster kompaniyasi “NIL GRANIT” MChJning 2023-yil 22-noyabrdagi taklif xatiga binoan Toshkent kimyo-texnologiya instituti prorektori A.N.Shernaev, Marketing, amaliyot va professional ta’lim bo‘limi xodimi U.Mavlyanov, Ozarbayjon-Turkiya-O‘zbekiston tadbirkorlar uyushmasi rahbari Ruslan Imanzada va tadbirkorlar kompaniyada xizmat safari amalga oshirildi.

Xizmat safari davomida 6-dekabr kuni Kompaniyaning SAMO brendi ostidagi tekstik ishlab chiqarish zavodi bilan tanishildi.

SAMO TEXTILE kompaniyasida uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

  1. Toshkent kimyo-texnologiya instituti bitiruvchilarni ishga joylashtirish;
  2. Hamkorlikda ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
  3. Kompaniya ishchi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
  4. Texnologik mashina va jihozlar, kimyoviy texnologiya, texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish ta’lim yo‘nalishlari talabalari amaliyotlari va professor-o‘qituvchilar stajirovkalarini tashkil etish;
  5. Biznes hamkorlik bo‘yicha Toshkent kimyo-texnologiya institutida SAMO brendi trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha Toshkent kimyo-texnologiya instituti logotipi ostida institutga talabalar uchun kiyimlar-futbolka, kepka va shu kabi tekstil mahsulotlari shoxobchasini tashkil etish;
  6. Toshkent kimyo-texnologiya instituti va SAMO TEXTILE kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumini imzolash;