Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori B.Sh.Usmonov boshchiligidagi delegatsiya Vengriyaning Obuda universitetida xizmat safarida bo‘lib turibti.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Miziyoyevning Vengriyaga oliy darajadagi tashrifi davomida hamda Vengriyada bo’lib o’tgan II Rektorlar forumida erishilgan kelishuvlarning ijrosini ta'minlash maqsadida Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori B.Sh.Usmonov boshchiligidagi delegatsiya Vengriyaning Obuda universitetida xizmat safarida bo'lib turibti.

 Delegatsiya takibida Institut Rektori B.Sh.Usmonov, Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor Z.A.Babaxanova, Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i S.S.Saidaxmadov hamda Jizzax viloyati hokimi maslahatchisi R.Xamdamovlar ishtirok etmoqdalar.

 Tashrifning dastlabki kunida delegatsiya a'zolari Obuda universiteti rektori L.Kovach va universitet rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazdilar.

 Uchrashuvdan ko'zlangan maqsad Jizzax viloyatida barpo etilayotgan ilm-fan, ta'lim va ishlab chiqarishni o'zaro integratsiyasini ichiga olgan innovatsion texnoparkda Vengriya tajribasini qo'llash uchun hamkorlarni jalb qilish. Ushbu jarayonlarda Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Obuda universiteti asosiy hamkor oliy ta'lim muassasalari sifatida ishtirok etishi ko'zda tutilmoqda.

 Uchrashuv davomida, Obuda univrsiteti vakillariga ushbu qurilayotgan texnopark haqida batafsil ma'lumot berildi. Shuningdek, ushbu loyihada Vengriya tomonining amaliy ishtiroki, o'zaro tajriba almashish masalalari, loyihaga investitsiyalar kiritish imkoniyatlari yuzasidan muzokaralar olib borildi va tomonlar dastlabki kelishuvlarga erishdilar.

Muzokaralaning davomi joriy yilning oktabr oyida Toshkentda davom ettirilishi kutilmoqda.