Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Oziq-ovqat mahsulot texnologiyasi fakulteti kafedralari faoliyati bilan tanishdi.

Bugun, 26-yanvar kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligida O‘quv ishlari bo’yicha prorektori Safarov Toyir Tursunovich, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Boborajabov Bahodir Nasriddinovich, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Pulatov Xayrulla Lutpullayevich, Iqtisodiy va tashkiliy masalalar bo’yicha prorektor Qodirov Bobiromon Bekmurodovich hamda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan tashrif buyurgan mas'ul xodim bilan Oziq-ovqat mahsulot texnologiyasi fakulteti Oziq-ovqat xavfsizligi va funksional mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi kafedrasi hamda Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi faoliyati bilan tanishdilar.

Kafedralar faoliyati bilan tanishish davomida O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Jahon banki hamda Islom taraqqiyot banki tomonidan go'sht va sut mahsulotlarini qayta ishlashga mo'ljallangan laboratoriya jihozlari hamda Non va don mahsulotlarini qayta ishlashga mo'ljallangan laboratoriya jihozlarining ishlash jarayonlarini ko'zdan kechirdilar.